So’nggi yangiliklar

20:31MMA оламининг Макгрегор - Холлоуэй жангига муносабати: "Конор Конорни мағлуб этди" 0 19:53Фабио Каннаваро Ўзбекистон миллий терма жамоасидаги фаолиятини давом эттирадими? 0 19:05Макгрегорнинг мураббийи шогирдининг UFC 329 турнирдаги мағлубиятини изоҳлади 0 18:39Макс Холлоуэй Макгрегор билан жанг вақтида реваншни тўхтатишни сўраган экан 0 18:14"Мени устимдан куляпсизларми?" Дана Уайт UFC 329 даги ноқулай ҳолатга изоҳ берди 0 17:47Инфантино Жаҳон чемпионати иштирокчиларини янада кўпайтириш эҳтимолини истисно қилмади 0 17:17Макс Холлоуэй UFC тарихида бундай натижани қайд этган 20-спортчига айланди 0 16:43UFC ҳавас қиладиган кардни жамлаган RAF турнирининг барча натижалари 0 16:16Макгрегор тилга кирди ва ғалати мағлубияти сабабини айтди 0 15:48Рафинья “Ал Ҳилол”га йўл оладими? 0 15:15Жастин Гэтжи фаолиятини якунлаш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 14:49Конор сўнгги бешта жангида тўртинчи марта мағлуб бўлди 0 14:13Жонбиби Ҳукмова Осиё чемпионатида иккинчи олтин медалини қўлга киритди 0 13:46Месси реферига эътироз билдирди: "Ҳурматсизлик қилманг!” 0 13:18Ярим финалга энг кўп қайси давлат терма жамоаси боксчилари етиб келди? 0

11 avg 13:37
Yangiliklar

Boks/MMA, Voleybol, Muaytay, Zamonaviy beshkurash

MDH o'yinlari. Kechagi kun qanday o'tdi?

SHu kunlarda Belarus Respublikasining 10 shahri Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi o'yinlariga mezbonlik qilmoqda.

O'z tarixida ikkinchi bor o'tkazilayotgan ushbu nufuzli kompleks musobaqada O'zbekiston delegaciyasining jami 326 nafar sportchisi 22 ta sport turida yurtimiz sharafini himoya qilyapti. Kecha, 10 avgust kuni hamyurtlarimiz boks, muaytay, voleybol, zamonaviy beshkurash sport turlarida bahslarga kirishishdi. 

Jumladan, 63,5 kg vazn toifasida kurashgan muaytaychimiz Ilyosbek G'ulomjonov delegaciyamiz hisobiga bronza medalini qo'shib qo'ydi. Yana bir vakilimiz Davlat SHamsiev (60 kg) rossiyalik, Abdulfattoh Aliakbarov (71 kg) turkmanistonlik raqibini mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi.

Voleybol bo'yicha yoshlar terma jamoamiz Armanistonni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Bugun ular Belarus terma jamoasiga qarshi parketga chiqishadi. Zamonaviy beshkurash bo'yicha terma jamoamiz musobaqadagi ishtirokini medalsiz yakunladi. Kechadan Brest shahrida suzish bo'yicha bahslar ham start oldi. 

Bokschilarimizdan Samandar Olimov (54 kg) tojikistonlik, Abdulloh Madaminov (60 kg) rossiyalik, Boburbek Bobojonov (63,5 kg) rossiyalik, SHavkatjon Boltaev (71 kg) rossiyalik, Fazliddin Erkinboev (75 kg) rossiyalik, Abdulaziz Abdurahmonov (80 kg) rossiyalik, Xalimjon Mamasoliev (92 kg) tojikistonlik raqibini mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l olishdi.

Yarim finalda imkoniyatni boy berib qo'ygan Sobirjon Tastanov (48 kg), Miralijon Mavlonov (51 kg), SHohruh Abdumalikov (57 kg), Murodbek Bahriddinov (67 kg), Abdulaziz Abdurahmonov (86 kg), Ravshanjon Soliev (+92 kg) MDH o'yinlarining bronza medaliga ega chiqadigan bo'lishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing