12 avg 23:07
Yangiliklar
MDH o'yinlarida ishtirok etgan 25 bokschimizning barchasi medalga ega chiqdi
MDH o'yinlarida boks bo'yicha bahslar o'z yakuniga etdi. Kecha musobaqa doirasida qizlarimiz 6 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi bo'lganliklari haqida xabar qilgandik.
Bugun erkaklar o'rtasida ham bahslar o'z yakuniga etdi. Quvonarlisi, yigitlarimiz ham muvaffaqiyatli yurishni davom ettirib, 7 ta oltin va 6 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi va umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi.
Terma jamoamiz safidagi sovrindorlar ro'yxati bilan tanishing:
Erkaklar:
Oltin:
-54 kg: Samandar Olimov
-60 kg: Abdullox Madaminov
-63,5 kg: Boburbek Bobojonov
-71 kg: SHavkatjon Boltaev
-75 kg: Fazliddin Erkinboev
-80 kg: Javoxir Ummataliev
-92 kg: Xalimjon Mamasoliev
Bronza:
-48 kg: Sobirjon Tastanov
-51 kg: Miralijon Mavlonov
-57 kg: SHoxrux Abdumalikov
-67 kg: Murodbek Baxriddinov
-86 kg: Abdulaziz Abdurahmonov
+92 kg: Ravshanjon Soliev.
Qayd etish lozimki, musobaqada O'zbekiston boks terma jamoasi 25 bokschi (12 nafar qiz, 13 nafar yigit) bilan ishtirok etdi. Ularning barchasi O'zbekiston delegaciyasi hisobiga medal qo'shib qo'ya olishdi.
Fikrlar