22 iyu 19:19
Yangiliklar
Meksikalik bokschi Lomachenko bilan jang qilmoqchi
U Top-janglar o'tkazish uchun engil vaznda qolishni istayotganini aytdi.
"Engil vaznda qolmoqchiman. CHunki bu erda o'zimni kuchliroq va qulayroq his qilaman. SHuningdek, tomoshabinlarga ajoyib shou sovg'a qilish niyatim bor. Eng yaxshilar bilan jang qilishdan qo'rqmasligimni ko'rsatish orqali ularga ko'p narsalarni isbotlay oldim.
Hech kimdan qo'rqmayman, faqatgina qatiyat bilan qaror chiqaraman. Meksikalik muxlislar kabi amerikaliklar ham meni yaxshiroq bilishlarini istayman va shu boisdan faqatgina eng yaxshilari bilan jang qilaman.
Birinchidan, Jervonta bilan revansh jangini kutyapman va shu boisdan hech nimaga etibor qilmayapman. Keyinchalik Xeyni va Lomachenkoga qarshi jang qilib, shundan so'ng, birinchi yarimengil vazn toifasiga ko'tarilib, Rayan Garsiya bilan bellashmoqchiman", - dedi Krus "Fight Mag" nashriga.
Fikrlar