20 sen 16:20
Yangiliklar
"Men ham shunday qila olsam edi". Rossiyalik bokschi Fyuri-Ngannu jangi haqida fikr bildirdi
"Tayson Ngannu bilan jangni targ'ib qilib, o'z ishini chiroyli bajarmoqda. Unga yaxshi manoda hasad qilaman, men ham shunday qilishni xohlayman. Ammo, men rusman va boshqacha tarbiyalanganman, bizda madaniyat boshqacha.
Uning rejalariga kelsak, u nimani xohlasa qila oladi. Qoralash yoki qoralamaslik bizning muammomiz emas, u shunchaki o'zi xohlagan narsani qiladi. U ko'p pul ishlab topadi, buni yuz foiz qo'llab-quvvatlayman.
Bu uning shaxsiy hayoti, karerasi, u buni o'zi xohlagan tarzda boshqaradi. Bu bizning ishimiz emas, biz faqat uning iqtidorini kuzatishimiz kerak. U iqtidorli inson, iqtidorli sportchi. Siz shunchaki kuzatishingiz va uning matbuot anjumanlaridan, janglaridan bahramand bo'lishingiz kerak", - dedi Egorov.
Fikrlar