29 sen 16:20
Yangiliklar

"Men may oyini nazarda tutganman, semiz ahmoq!" Konor Makgregor Daniel Kormega javob qaytardi
Konor DCga javob qaytardi
"Men bu gaplarni may oyi uchun aytganman semiz ahmoq, sen nimalar haqida gapiryapsan? Men yanvar oyida jang qildim va yana jang qilishga xohladim. Lekin meni iyul oyidagi janglar uchun zaxiraga olishdi. Naq etti oy janglarimni kutdim, "balki" endi jang qilsam bo'lar? Sen tentakmisan? Nimalar deyapsan? Qaytaraman, may oyida istalgan raqib bilan jang qilaman deganman.
Men bu hamma janglar haqida 13 fevral kuni gapirganman! Koronavirus hali yo'q paytda. May oyida "istalgan raqib", avgust oyida Dublinda (Diego Sanches), yil oxirida revansh. Bir yilda 4ta jang. Meni esa keyingi oylar uchun zaxiraga olishdi. Buni sportdagi insonlar tushunish qiyinligi meni tashvishga solmoqda. Bu kundek ravshanku!", -deb yozdi Konor Makgregor o'z tvitter sahifasida.
Fikrlar