10 fev 08:56
Yangiliklar
![](/upload/storage/322240_220.jpg)
"Men o'tin yorgunimcha sen raqs tushib tur": Ankalaev yana bir bor chempionga murojaat qildi
Bu ikki aralash yakkakurash ustasi bir oydan keyin UFC oktagonida o'zaro to'qnash keladi. Magomed jangiga to'rt hafta qolgan bir paytda sayyohat qilib yurgan chempion raqibini tanqid ostiga olgan.
"Hech qachon bir insonning ko'ngliga tegib ketadigan darajada og'ir gap aytmaganman. Lekin bu safar ananamdan chetga chiqishga majburman. Aleks o'zini sodda ko'rsatishga harakat qiladigan sohta mug'ombir. Men toqqa chiqayotgan, muz daryolarda cho'milayotgan, o'tin yorayotgan paytimda u raqsga tushib, TikTok yulduzi singari o'zini videoga olib yuribdi", - dedi Ankalaev.
Eslatib o'tamiz, Aleks Pereyra - Magomed Ankadaev chempionlik jangi bizning vaqt bilan 9 mart tongida AQSHning Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan UFC 313 turniri doirasida o'tkaziladi.
Fikrlar