22 jan 10:00
Yangiliklar
Boks/MMA

"Men qirolman". Ngannu Jons - Gan jangi haqida fikr bildirdi
Yaqinda UFCni tark etgan Frensis Ngannu Jon Jons va Siril Gan o'rtasida o'tkaziladigan chempionlik jangi bo'yicha fikrlarini bildirdi.
"Men Jon Jons va Siril Gan o'rtasidagi jang haqida gapirishni istardim. O'ylaymanki, bu qiziqarli jang bo'ladi. Uni tomosha qilishni rejalashtiryapman.
Eslab qoling, ularning har ikkisi ham men haqimda ko'p gapiradi. Meni tanqid qilishga, nomimni yomon qilishga urinishadi. Ammo shunga qaramay, jahondagi eng og'ir vaznli qirol kimligini yodda tutish lozim. Men hozir jahondagi eng yaxshi og'ir vaznliman. Va men haqimda nimalar deyishayotganini farqi yo'q. Tushunyapsizmi? Men eng zo'riman. Men qirolman!", - dedi Ngannu.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar