09 jan 12:25
Yangiliklar
Boks/MMA
"Men tasodifan jangchi bo'ldim". Xabib futbolchi bo'lishni orzu qilganini aytdi
UFC sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov har doim qalban jangchi emas, aynan futbolchi bo'lishni istaganini tan oldi.
"Men butun umrim davomida futbol tomosha qilib kelganman va hali ham bu sport turi men uchun birinchi o'rinda turadi. Yoshligimda futbolchi bo'lishni orzu qilganman, jangchi esa tasodifan bo'lib qoldim, chunki otam murabbiy bo'lgan joyda tug'ilib, o'sha erda o'sganman. Albatta, shunchaki tasodifan jangchi bo'ldim, deb aytolmayman, ammo qalbimda futbol har doim men uchun juda muhim bo'lgan", — dedi Nurmagomedov.
Havola :
Manba : Home of Fight
Fikrlar