23 may 16:58
Yangiliklar
Boks/MMA
"Menda boks yuziga aylanish uchun barcha imkoniyat bor" - Garsiya
WBC yo'nalishida yarimo'rta vazn chempioni Rayan Garsiya boksning asosiy yulduziga aylanishi mumkinligiga ishonishini aytdi.
"Endi men jahon chempioniman. Albatta, jang qilishda va boksni ommalashtirishda davom etishni xohlayman. Men ortimdan butun bir yosh jangchilar avlodini ergashtirdim — ular avval mashhur bo'lishdi, endi esa jahon chempionlariga aylanishdi.
SHuning uchun menda boks yuziga aylanish uchun barcha imkoniyat bor. Endi esa buni ishga sadoqatim va kelajakdagi janglarim bilan isbotlashim kerak", — dedi Garsiya Bad Left Hook portaliga.
Havola :
Manba : Bad Left Hook
Fikrlar