15 dek 11:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Menni Pakyao 2021 yilda ikkita jang o'tkazadi
Yarimo'rta vazn toifasida amaldagi WBA yo'nalishi chempioni Menni Pakyao yangi 2021 yil uchun rejalari bilan o'rtoqlashdi.
Filippinlik boks afsonasining so'zlariga qaraganda, u yangi yilda ikkita jangda ringga ko'tariladi.
"Mart oyida meni senator lavozimidagi muhim ish kutib turibdi. SHu sababdan ham martgacha jang aniq o'tkazmayman. O'ylashimcha, may hamda kuz oylarida ikkita jangda ishtirok etaman", — dedi Pakyao.
Malumot uchun, 41 yoshli Pakyao 8 vazn toifasida chempionlik kamarlarini qo'lga kiritgan boks tarixidagi yagona charm qo'lqop ustasi hisoblanadi. Uning hisobida professional ringda o'tkazilgan 71 ta jang bor. Pekmen ushbu janglarning 62 tasida g'alaba qozongan.
Havola :
Fikrlar