20 okt 12:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Menni Pakyao: “Broner bilan jangim 90 foizga hal”
Sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni, ayni paytda yarim o'rta vaznda WBA Regular chempionlik kamari sohibi Menni Pakyao yanvar oyida jang o'tkazishini tasdiqladi.
Bu malumotni filippinlik bokschining shaxsan o'zi o'tkazilgan xayriya tadbirlarining birida tasdiqlagan.
“Broner, Edrien Broner. Ha, bu jang 90 foizga hal bo'lgan. Jang 12 yoki 19 yanvar kuni AQSHning Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi”, - dedi Pakyao.
Avvalroq, Menni Pakyaoning amerikalik El Xeymon bilan shartnoma imzolagani hamda Floyd Meyvezerga qarshi revansh jangi o'tkazishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar