26 sen 08:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Merab Dvalishvili: "Umar Nurmagomedov men bilan jangga loyiq emas"
UFC chempioni Merab Dvalishvili sobiq raqibi Umar Nurmagomedov bilan revanshga qiziqmayapti.
"U yaxshi jangchi. Albatta u UFC bilan shartnoma imzolaganida barchaning, shu jumladan mening etiborimni tortgan. Barchamiz uni sportimiz afsonasi Xabib sababli bilamiz.
U uchun barchasi oson bo'lgan: UFC tezda u bilan shartnoma imzolagan. Lekin ko'pchilik sporchilar bu erga Dana White’s Contender Series, Dana White: Lookin’ for a Fight yoki The Ultimate Fighter shoulari orqali keladi.
Men uni o'zim bilan jangga loyiq deb hisoblamayman. U yana jang qilib, isbotlashi kerak. Ammo, UFC menga nimani taklif qilmasin - rozi bo'laman. Menga farqi yo'q. Muammosiz", - dedi Dvalishvili.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar