22 iyu 09:06
Yangiliklar
Kamondan otish
Merganimiz Tokio Paralimpiadasi licenziyasi uchun hozirlik ko'ryapti
Kamondan otish bo'yicha Paralimpiya terma jamoamiz azosi Ubaydulla Imomqulov Tokioda bo'lib o'tadigan Paralimpiya o'yinlari yo'llanmasi uchun jiddiy hozirlik ko'rmoqda.
Hamyurtimiz ayni pallada Ukrainaning Lvov shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini boshladi. 15 avgustgacha davom etadigan ushbu yig'inda yurtdoshimiz ko'plab xorijlik raqiblari bilan tajriba almashish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Mazkur yig'in oktyabr oyida Osiyo mintaqasi uchun Tokio Paralimpiadasiga yo'llanma beruvchi Bangkokda o'tadigan musobaqaga tayyorgarlikning asosiy bosqich vazifasini o'tab beradi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar