22 okt 12:59
Yangiliklar
Tennis

Mertens Monastir turnirining ikkinchi finalchisi
Dunyoning 36-raketkasi Elize Mertens Tunisning Monastir shahrida o'tkazilayotgan WTA turniri finaliga yo'l oldi.
Belgiyalik tennischi yarim final bahsida ortiqcha qiyinchiliksiz WTA reytingida 74-pog'onada borayotgan franciyalik Klara Byureldan ustun keldi - 6/2, 6/1. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi.
Sakson to'rt daqiqa davom etgan bahsda Mertens 2 ta eys va 7 ta breykni amalga oshirib, 5 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Bugun u Tunis turniri bosh sovrini uchun italiyalik Jasmine Paoliniga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar