12 iyu 07:03
Yangiliklar
Futbol
Messi "Inter Mayami" bilan shartnoma imzolash uchun AQSHga etib bordi
"Barselona" va PSJning sobiq hujumchisi Lionel Messi 11 iyul kuni AQSHga etib bordi.
Bu haqida ESPN xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, argentinalik futbolchi dam olish kunlarida «Inter Mayami» bilan shartnoma imzolaydi va Amerika klubining yangi futbolchisi sifatida rasman tanishtiriladi.
Eslatib o'tamiz, Messining o'zi avvalroq erkin agent sifatida «Inter Mayami»ga o'tishini malum qilgandi.
Messi ikki yillik faoliyatidan so'ng PSJni tark etgandi. U yakunlangan mavsumda barcha musobaqalarda 41 ta o'yinda qatnashib, 21 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Havola :
Fikrlar