21 sen 18:02
Yangiliklar
Futbol
Messi "jarimalar qiroli" bo'lishiga uch qadam qoldi
"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi MLS muntazam chempionati doirasidagi "San-Diego"ga qarshi uchrashuvda (2:2) jarima zarbasidan gol urdi.
“The Touchline” malumotlariga ko'ra, 39 yoshli argentinalik futbol tarixida jarima zarbalaridan urilgan gollar soni bo'yicha ikkinchi o'ringa ko'tarildi. Uning hisobida shunday gollardan 75 ta mavjud. Messi braziliyalik Jairni (74) ortda qoldirdi.
Birinchi o'rinni Marselino Karioka (Braziliya) — 78 ta gol bilan egallab turibdi, to'rtinchi pog'onada 73 ta gol bilan Roberto Dinamit (Braziliya), beshinchi pog'onada esa yana bir braziliyalik Junino Pernambukano (72 ta gol) qayd etilgan.
Messi professional faoliyatidagi 1176 ta o'yinda 930-golini urdi. SHuningdek, hujumchi 424 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Havola :
Manba : The Touchline
Fikrlar