16 iyu 10:12
Yangiliklar
Futbol
Messi JCH-2026 finaliga chiqqanidan so'ng Argentina muxlislariga murojaat yo'lladi
Argentinalik hujumchi Lionel Messi jahon chempionati finaliga yo'l olganidan so'ng milliy terma jamoa muxlislariga xitob qildi.
Argentina yarim finalda Angliya ustidan irodali g'alabaga (2:1) erishib, turnirning hal qiluvchi bahsida ishtirok etish huquqini kafolatladi.
"Bu jamoa birlikda har qanday narsaga qodir. Ushbu futbolchilar birgalikda… bu shunchaki o'zgacha bir kuch. Muxlislarga esa xuddi Qatardagidek gapni aytaman: "Zavq oling". Bu jamoa sizni hech qachon uyaltirib qo'ymaydi", — deya Messining so'zlarini jurnalist va insayder Fabricio Romano o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida keltirdi.
JCH-2026 finalida Argentina Ispaniya bilan kuch sinashsa, Angliya bronza medallari uchun Franciyaga qarshi maydonga tushadi.

Havola :
Fikrlar