14 iyu 11:45
Yangiliklar
Futbol
"Messi yopiq inson edi"
"Barsa"da to'p tepgan ukrainalik futbolchi Dmitriy CHigrinskiy Messi va Zlatan Ibragimovichni solishtirdi.
"Messi jiddiy va yopiq inson edi. Ibragimovich esa aksincha, doimo quvnoq va hazilkash. U men ko'rgan eng kuchli futbolchilardan biri bo'lgan. Zlatan doimo g'alaba qozonishni istardi va dunyoning eng zo'ri ekanligiga ishonardi. Biz u bilan yaxshi munosabatda edik. U bir necha marotaba meni mashg'ulotga olib borib qo'ygan. Messi esa vazmin, lekin mashg'ulotlarda haqiqiy vahshiyga aylanardi - uning ko'zlarida g'alabaga bo'lgan chanqoqni ko'rardingiz", - dedi CHigrinskiy.
Havola :
Manba : Український футбол
Fikrlar