21 iyu 10:44
Yangiliklar
Messining Argentina termasidagi kelajagi malum
Bu haqda jurnalist Ernan Kastilo X ijtimoiy tarmog'ida xabar bermoqda.
Manbaning malumotiga ko'ra, futbolchi JCH-2026 finali oldidan kiyinish xonasida tasirli nutq so'zlagan va ushbu uchrashuv u uchun "albiseleste" safidagi oxirgi o'yin bo'lishini elon qilgan.
Eslatib o'tamiz, Argentina terma jamoasi turnirning hal qiluvchi bahsida Ispaniyaga qo'shimcha vaqtda 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Yakuniga etgan jahon chempionatida Messi 8 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Mundial davomida Lionel milliy jamoalarning eng nufuzli musobaqasida 20 talik gollar marrasini zabt etgan ilk futbolchiga aylandi, shuningdek, musobaqa tarixida eng yaxshi assistent va eng ko'p o'yin o'tkazgan rekordchiga aylandi.
Fikrlar