16 iyu 15:02
Yangiliklar
Messining "Oltin to'p" qo'lga kiritish imkoniyati 88 foizgacha ko'tarildi
Bu haqda Argentina terma jamoasi yarim finalda Angliyani mag'lub etib (2:1), finalga yo'l olganidan so'ng "Polymarket" sayti bergan baholash natijalari dalolat bermoqda.
Platforma malumotlariga ko'ra, Messining ushbu turnirdagi asosiy yakka tartibdagi sovrinni qo'lga kiritish imkoniyati o'yindan so'ng 76% ga oshgan. Ikkinchi o'rinda 9% ko'rsatkich bilan Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri bormoqda.
"Polymarket" talqiniga ko'ra JCH-2026ning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar imkoniyati:
Lionel Messi (Argentina) — 88% (+76%).
Rodri (Ispaniya) — 9% (-2%).
Lamin Yamal (Ispaniya) — 2% (-16%).
Kilian Mbappe (Franciya) — 1% (-13%).
Jud Bellingem (Angliya) — 1%.
Garri Keyn (Angliya) — 1% dan kam.
Fikrlar