19 okt 16:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Meyvezer: "Alvaresga qarshi jang faoliyatimdagi eng osonlaridan biri, Konor esa..."
Boks bo'yicha jahon chempioni Saul Alvares sport tarixidagi eng yirik shartnomalardan biriga imzo chekdi.
Unga ko'ra meksikalik bokschi DANZ kompaniyasidan 5 yil davomida 11 ta jang uchun 365 million AQSH dollari oladi. Bu esa amerikalik bokschi Floyd Meyvezerning nazaridan chetda qolmadi.
"Alvares doping aralashgan go'shtni istemol qilgani muhim emas. Unga qarshi jang faoliyatimdagi eng osoni bo'lgan. Hatto, Konorga qarshi o'tkazgan jangim undan yaxshi o'tgan. 300 million ishlab olishim uchun menga 36 daqiqa yoki undan biroz kamroq vaqt kerak. U 5 yil, 11 ta jangda ishlab topadigan pulini men bitta jangda ishlab olishim mumkin. Endi kim chempioni ekanligini aytingchi?", - dedi Meyvezer ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Havola :
Manba : instagram.com/floydmayweather
Fikrlar