19 okt 09:23
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/47056_220.jpg)
Meyvezer - Makgregor 2 jangi o'tkazilishga yaqin
Amerikalik engilmas bokschi Floyd Meyvezer o'z intervyusida irlandiyalik Konor Makgregorga qarshi ikkinchi jang o'tkazilishi mumkinligini malum qildi.
“Makgregor bilan tariximiz hali yakunlangani yo'q. Nurmagomedovga qarshi o'tkazadigan jangimdan so'ng Konor bilan yana bir bor uchrashish istagidaman”, - dedi Floyd TMZga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Meyvezer va Makgregor o'rtasida boks qoidalari asosida o'tkazilgan ilk jangda ring qiroli bo'lgan Floyd raqibini nokdaun qilish evaziga mag'lub etgandi. Bir muddat avval Xabib Nurmagomedov amerikalik bokschini ringga chorlagan va o'z o'rnida Floyd ham bu chorlovni qabul qilgan edi.
Havola :
Fikrlar