11 okt 09:19
Yangiliklar
![](/upload/storage/46593_220.jpg)
Meyvezer Xabib - Konor jangiga keskin munosabat bildirdi
Amerikalik bokschi UFC chempioni Xabib Nurmagomedovni Konor bilan jangdagi xatti-harakatlari uchun esdan chiqmaydigan darajada jazolash kerakligini aytgan.
“Men Makgregor bilan jang qilgan yigitni yaqindan bilmayman. Lekin uning faoliyatida hali mag'lubiyat yo'qligidan xabardorman. Makgregor - jiddiy va kuchli raqib. Unga qarshi jang o'tkazganim uchun Konor haqida tasavvurga egaman.
Ammo, Xabibning jang yakunlanganidan keyingi holatini hech qanday bahona bilan oqlab bo'lmaydi. Oktagonni tark etib, zalda janjalni yuzaga keltirishi bu haqiqiy noprofessionallik. Endi u jarimaning eng kattasini to'lashi shart. Boshqalarga saboq bo'lishi uchun ham jazosini olishi kerak”, - dedi Meyvezer Daily Mail nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar