18 okt 10:09
Yangiliklar
![](/upload/storage/47005_220.jpg)
Meyvezerning ishtaxasi karnay: U Xabibga qarshi jangning narxi qancha ekanligini aytdi
Meyvezer boks qoidalari asosida o'tkaziladigan jangga tayyor ekanligi va bu jangning bahosi qancha bo'lishini ham aytdi.
“Jang o'tkaziladi. Men o'zimga o'zim xo'jayinman. Xabib nima haqida o'ylayotganini bilmayman, lekin bu jangni tashkil qilish mumkin. U Las-Vegasda jang o'tkazish niyatida emasligini yozdi. Lekin aynan Vegas - janglar poytaxti hisoblanadi. Bu erda har bir inson o'zini professional tarzda tutishi kerak. Jangdan oldin ham, keyin ham.
Keyin Xabib meni jangga chorladimi, demak u mening dunyoimga kelishi kerak. Yani, AQSHga! Jang ham boks qoidalari asosida o'tkazilishi shart. Men Xabib bilan jangda Konorga qarshi kechgan jangdan ko'proq pul ishlab olaman. O'ylashimcha, bu summa 200 million dollar atrofida bo'ladi”, - dedi Meyvezer.
Fikrlar