28 noy 10:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Meyvezerning rekordini yangilagan jahon chempioni faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qildi
Kecha oqshom Tailandning Nakxonsavan shahrida navbatdagi boks kechasi bo'lib o'tdi.
Kechaning markaziy jangida WBC kamari sohibi Vanxeng Menayotin (54-0, 18 KO) davogar Pane Pradabsriga qarshi ringga ko'tarildi. 12 raundga mo'ljallagan to'qnashuv to'liq davom etdi va kutilmagan natija qayd etildi. Hakamlar bir ovozdan Pane Pradabsrining g'alabasini elon qilishdi. SHu tariqa, Menayotin faoliyatidagi ilk mag'lubiyatni qabul qilib oldi.
Eslatib o'tamiz, Meyvezer faoliyati davomida 50 jangda ishtirok etib, barchasida g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar