04 mar 19:50
Yangiliklar
Boks/MMA
Miochich Jon Jons va Siril Gan o'rtasidagi jang uchun o'z taxminini bildirdi
UFC sobiq chempioni Stipe Miochich Jons - Gan jangi uchun o'z taxminini aytdi.
"Qiziqarli jang, chunki bu erda uch yildan beri ko'rinmagan Jons bor. U bu vaqt ichida shug'ullandi. Aytishlaricha, u tezlikni saqlab qolgan, ammo bu boshqa vazn toifasi, farq ham katta. O'zingizga tez harakat qilayotgandek tuyulaveradi, lekin unday emas. Sen vazn qo'shib, yanada tezkor bo'lishing mumkin emas.
Siril yaxshi jangchi, u Jonsdan yomon zarba bermaydi. Ajoyib zarba texnikasi va harakati bor. Gan Ngannu bilan besh raund urushdi, lekin bu erda Jonsga ham ko'p narsa bog'lik. Men ko'proq Gan tomondaman, Jons uch yil jang qilmagan paytda u faol bo'ldi. Og'ir vaznda esa barchasi boshqacha", - dedi Miochich.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar