28 may 13:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Miochich Ngannu bilan revansh haqida: "U meniki bo'lgan narsani olib qo'ydi"
Og'ir vaznda sobiq UFC chempioni Stipe Miochich Frensis Ngannu bilan revansh o'tkazmoqchi.
"Men o'z titulimni qaytarib olish uchun revansh xohlayman. U meniki bo'lgan narsani olib qo'ydi. Bu har kuni meni aqldan ozdirmoqda. Mag'lubiyatni yomon ko'raman. Men raqobatbardoshman va menga g'alaba qozonish yoqadi.
Ngannu bilan jang qilib, o'z statistikamga "W" harfini qo'shib qo'ymoqchiman ("W"- win, g'alaba). Menga kim bilan jang qilishning farqi yo'q, ammo Ngannu bilan bo'lsa yaxshiroq bo'lardi", - dedi Miochich.
Eslatib o'tamiz, UFC 260 doirasidagi jangda Frensis Ngannu Stipe Miochichni nokautga uchratib chempion bo'lgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar