13 iyu 08:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Mirafzal Ahtamov Dubaydagi jangi oldidan raqibi bilan to'qnash keldi (VIDEO)
14 iyun kuni Dubay shahridagi Coca Cola Arena majmuasida MMA bo'yicha 971 Fighting Championship musobaqasi tashkil etiladi.
Musobaqa doirasida o'zbekistonlik taniqli aralash yakkakurash ustasi Mirafzal Axtamov ham oktagonga ko'tariladi.
O'sha kuni Axtamovga Janubiy Afrika Respublikasi vakili Adrian Sanches raqiblik qiladi.
Kecha sportchilar turnir oldidan face to face marosimida ishtirok etishdi.
Aslida, Mirafzalning PFL Ligasi bilan shartnomasi mavjud bo'lib, yurtdoshimiz keyingi janglarini aynan ushbu promoushenda o'tkazishda davom etadi.
Malumot o'rnida, 32 yoshli buxorolik Mirafzal Axtamov faoliyati davomida 9 ta jang o'tkazib, 8 g'alaba va 1 ta durang qayd etgan. 33 yashar Adrian Sanches hisobida esa 7 g'alaba va 5 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar