15 iyu 08:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Mirafzal Ahtamov ishtirokidagi jang ikkinchi raunddan so'ng yakunlandi
Kecha Dubay shahridagi Coca Cola Arena'da MMA bo'yicha 971 Fighting Championship turniri bo'lib o'tdi.
Mazkur turnir doirasida hamyurtimiz Mirafzal Ahtamov ham oktagonga ko'tarildi.
Ushbu jangda yurtdoshimizga Janubiy Afrika Respublikasi vakili Adrian Sanches raqiblik qildi.
Uch raundga mo'ljallangan jang ikkinchi raunddan so'ng o'z yakuniga etdi. Ikki raund yakuniga ko'ra Mirafzal ustunlikka erishayotgandi. Ammo yurtdoshimizning qoshi yorilgani sabab hakamlar jangni davom ettirishga ruxsat berishmadi va texnik nokaut qayd etishdi.
SHu tariqa, ushbu jangda Adrian Sanches g'alabaga erishdi.
Ahtamov esa professional MMAdagi faoliyatida ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar