17 iyu 08:06
Yangiliklar

Mirafzal Axtamov faoliyatidagi kutilmagan ilk mag'lubiyatiga munosabat bildirdi
Musobaqa doirasida Janubiy Afrika Respublikasi vakili Adrian Sanchesga qarshi jang qilgan o'zbekistonlik taniqli aralash yakkakurash ustasi Mirafzal Axtamovning jarohat olishi natijasida bellashuv muddatidan avval to'xtatilib, g'alaba raqibga berilgandi.
Ushbu vaziyatga Axtamov quyidagicha munosabat bildirdi:
"Bu mening kunim emasdi. Raqibimni ikki raund davomida hech qanday imkoniyat qoldirmay urdim, lekin afsuski, jarohat tufayli shifokorlar jangni to'xtatishga majbur bo'lishdi. Men bu holatni o'zim uchun haqiqiy mag'lubiyat, deb hisoblamayman.
Yanada kuchliroq bo'lib qaytaman. Doim oxirigacha harakat qilganman va bundan keyin xam shunday bo'ladi. Qolgani taqdirdan. Menga bu jangga tayyorgarlik ko'rishda yordam bergan barchaga — TKMMA Fit jamoamga, murabbiylarimga va sparring sheriklarimga katta rahmat aytaman", deb yozgan Mirafzal o'zining Instagram sahifasida.
Bu buxorolik sportchimizning faoliyatidagi ilk mag'lubiyat bo'ldi.
Fikrlar