01 apr 03:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Mirazizbek Mirzahalilov Braziliyadagi Jahon kubogini g'alaba bilan boshladi
Bugundan Braziliyaning Fos-du-Iguasu shahrida boks bo'yicha World Boxing tomonidan tashkil etilayotgan Jahon kubogi bosqichi boshlandi.
Musobaqaning ilk kuni doirasida O'zbekiston terma jamoasi azosi Mirazizbek Mirzahalilov (-55 kg) ringga ko'tarildi.
Unga SHveciya vakili Nebil Ibrahim raqiblik qildi. Jang 3 raund to'liq davom etdi va yakunda Mirzahalilov 5:0 hisobida hakamlarning yakdil qarori bilan g'olib bo'ldi.
Endi Farg'onada tug'ilgan 30 yoshli Mirazizbek musobaqaning chorak final bosqichi doirasida Nikolas Pavlik bilan bahs olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar