11 jan 19:35
Yangiliklar
Mirzagali Aytjanov: Italiyada yomon natija qayd etilsa, u yoki bu bokschini almashtiramiz deb ayta olmayman
— Jamoamiz Italiyadagi turnirda qolgan oltita licenziyani qo'lga kirita oladimi?
— Bu oson bo'lmaydi. Barcha qita turnirlari bo'lib o'tdi. Har bir vazn toifasida turli sabablarga ko'ra licenziya ololmagan kuchli raqiblar bor. Raqobat juda kuchli bo'ladi. Ammo, avvaliga Italiyada, keyin esa Tailandda imkon qadar maqsadimizni amalga oshirishga harakat qilamiz. Ring muqaddas joy. Unda turli xil vaziyatlar bo'lishi mumkin. Barcha davlatlar o'z bokschilarini qo'llab-quvvatlab, uning Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritishini istashadi. SHu bois Italiyada yomon natija qayd etilsa, u yoki bu bokschini almashtiramiz, deb oldindan ayta olmaymiz. Hamma narsani vaqt ko'rsatadi. Turnir ro'yxatiga kelsak, Spartakiadada g'olib chiqqanlar Italiyaga yo'l olishadi. Tayyorgarlik jarayonida yigitlarning har biriga o'zlarini ehtiyot qilishlari kerakligini aytaman. Faqat olti nafar bokschi ketadi. Kunkabaevga kelsak, u Italiyaga bormaydi. Hozir federaciyamiz boshqa davlatlar bilan muzokaralar olib bormoqda. Balki Kamshibek ham xorijdagi yig'inlarga borar.
Fikrlar