09 okt 09:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Mirzakamol Nematovning kamar himoya jangiga 10 kun qoldi + POSTER
Avval xabar berganimizdek, professional bokschimiz Mirzakamol Nematov o'zining navbatdagi jangini 19 oktyabr kuni Armaniston poytaxti Erevan shahrida o'tkazadi.
Superyarim o'rta vazn toifasida o'z janglarini o'tkazib kelayotgan charm qo'lqop ustamiz o'ziga tegishli bo'lgan WBA Asia East kamarini rossiyalik Aslanbek Kozaev (34-3-1, 8 KO)dan himoya qiladi.
Malumot uchun, Nematov so'nggi jangini shu yilning iyul oyida Toshkentda tashkil etilgan prof boks kechasida sobiq jahon chempioni Julius Indongoga qarshi o'tkazgandi. Sobiq WBA (2017), IBF va IBO (2016—2017) yo'nalishlari chempioniga qarshi jang to'liq davom etgan va yakunda hakamlarning qarorlariga ko'ra hamyurtimiz g'alaba qozongandi. Bu g'alaba orqali Mirzakamol vakant bo'lib turgan WBA Asia kamariga ega chiqqandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar