11 iyu 06:33
Yangiliklar
Boks/MMA
Mishel Soro Madrimovga qarshi kechgan yana bir "omadsiz" jangga izoh berdi
Xabaringiz bor, 9 iyul kuni Londonda, Mishel Soro Isroil Madrimovga qarshi WBA Eliminator kamari uchun jang qilgan edi.
Guvohiga aylanganingizdek, jang uchinchi raundda franciyalik charm qo'lqop ustasining jarohat olgani bois, texnik durang bilan yakunlangan edi.
Mishel ushbu jangni quyidagicha izohladi:
"Afsuski, jang uchinchi raund avvalida ochiq jarohat tufayli texnik durang bilan yakunlandi. Qanday yoqimsiz holat! O'zimni yaxshi his qildim, jang 12 raund davom etadi, deb o'ylagandim!
Biroz dam olib, mashg'ulotlarga qaytaman, sababi uchinchi jang tez orada bo'lib o'tadi. Qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat, men buni his qildim! Rahmat, tez orada ko'rishguncha!", - deb yozgan Soro ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Avvalroq, hamyurtimiz Isroil Madrimov ham jang haqidagi fikrlarini bildirib o'tgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar