27 jan 07:50
Yangiliklar
Boks/MMA

MMA. Jahon chempionati. Yana ikki vakilimiz yarim finalga yo'l oldi
Abdu-Dabi mezbonligidagi jahon chempioanti davom etmoqda.
Kecha yoshlar o'rtasidagi -93 kg gacha bo'lgan vazn toifasida chorak final bahsi bo'lib o'tdi. Unda hamyurtimiz Musin Mo'minjonov Janubiy Afrika vakili Muhammad Mall ustidan g'laba qozonib yarim finalga yo'l oldi.
Kattalar o'rtasidagi bellashuvlarning 120.2 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Ixtiyor Xolmurodov yarim final yo'llanmasi uchun qozog'istonlik Talgat Zientaevga qarshi kurash olib bordi. Uchrashuv vakilimizning texnik nokaut evaziga erishgan g'alabasi bilan yakunlandi.
Hozircha terma jamoamizning 3 nafar azosi yarim final yo'llanmasini naqd qildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar