27 jan 23:03
Yangiliklar

MMA. Jahon chempionatida jamoamiz 3 ta bronza medalini qo'lga kiritdi
MMA bo'yicha kattalar va yoshlar o'rtasidagi dunyo birinchiligida yarim final bahslari bo'lib o'tdi. Afsuski, unda ishtirok etgan 3 nafar vakilimizning hech biri finalga chiqa olishmadi.
Yoshlar o'rtasida aka-uka Mo'minjonovlar sovrindorlar safidan joy olgan bo'lsa, kattalar o'rtasida Ixtiyor Xolmurodov terma jamoamiz nomiga bronza medalini yozdirib qo'ydi.
-77.1 kg vazn toifasida ishtirok etgan Munis Mo'minjonov final yo'llanmasi uchun tojikistonlik Qosim Sardorovga qarshi kurashdi. Afsuski vakilimiz jangda mag'lub bo'lib bronza medaliga ega chiqdi.
-93 kg vaznda ishtirok etgan Musinjon Mo'minjonov Bahrain vakili Gadji Gadzievga qarshi jangda mag'lubiyatga uchrab bronza medali bilan kifoyalandi
Kattalar o'rtasidagi bashlarning 120.2 kg vazn toifasidagi vakilimiz Ixtiyor Xolmurodov qozog'istonlik Rasul Hataevga imkoniatni boy berib qo'ydi va bronza medalini qo'lga kiritdi.
Fikrlar