14 okt 20:55
Yangiliklar

"MMA O'zbekiston" filmi xalqaro festivalda ishtirok etadi
Tadbirda Bolgariya, Buyuk Britaniya, Vetnam, Germaniya, Eron, Italiya, Portugaliya, AQSH, Belorussiya, O'zbekiston, Ukraina, Franciya, hamda mezbon Rossiyalik kinoijodkorlar ishtirok etishadi.
Mazkur festivalda 2019 yil «O'zbek yo'lbarsi» deya nom olgan Rufat Rizqiev haqidagi ko'rsatuvi bilan ishtirok etib, o'z yo'nalishida birinchi o'rinni egallagan Zilola Temirova bu safar «MMA O'zbekiston» filmini tanlovga yuborgan. Ushbu filmda o'zbek sportida yangi sahifa ochib bergan aralash jang sanatlarini mamlakatimizda jadallik bilan rivojlanib borishi yo'lida qilinayotgan say-harakatlar to'liq namoyon etilgan. Film 15 oktyabr sanasida Samaradagi «Orbita» kinozalida tomoshabinlar etiboriga taqdim etiladi. Film muallifi koronavirus bilan kasallanganligi bois ushbu festivalda onlayn tarzda ishtirok etadi.⠀
Zilolaga ushbu tanlovda omad tilab qolamiz!
Fikrlar