So’nggi yangiliklar

07:06Чимаев Царукян билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0 18:24Жароҳат олган Жалолиддин Машарипов қачон умумий гуруҳ машғулотларига қайтишини айтди 0 18:01Камилла Раҳимова "лаки-лузер" сифатида асосий тўрга қўйилди, бугун у 1/64 финалда кортга чиқади 0 17:38Усик Жон Жонс билан жангга тайёр 0 17:16Порье Хабибнинг қайси жиҳатидан ҳайратланишини айтди 0 16:51Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади 0 16:25"Бу менинг сўнгги рақсим бўлади" - Усик охирги жангини кимга қарши ўтказишини айтди 0 16:02"Ёқадими-ёқмайдими, Евлоев навбатдаги чемпион бўлади" - менежер 0 15:39Промоутер Фьюри — Жошуа ҳақидаги гап-сўзларга муносабат билдирди 0 15:17ФИФА Эронга умид билдирмоқда 0 14:52Майк Тайсон замонавий бокснинг юзи ким эканлигини айтди 0 14:30"Усик мен билан жанг қилишдан қўрқаяпти" - Уайлдер 0 14:07Арман Царукян яна P4P рейтингига қайтди 0 13:56Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади 0 13:35Дана Уайт Александр Усик билан шартнома имзоламоқчи 0

09 apr 13:48
Yangiliklar

Sport kurashlari

Mo'minjon Abdullaev Tokio Olimpiadasiga boradi!

Qozog'istonning Olmaota shahrida sport kurashlari (erkin, yunon-rum va ayollar kurashi) bo'yicha Tokio Olimpiadasiga Osiyo licenzion turnir bo'lib o'tmoqda.

Quvonarlisi, biroz avval yunon-rum kurashchimiz Mo'minjon Abdullaev yarim final uchrashuvida xitoylik Ling Je Menga qarshi gilamga chiqdi va raqibini 9-0 hisobida dog'da qoldirdi. Ushbu g'alaba Abdullaevga Tokio Olimpiadasi yo'llanmasini taqdim etdi. 

Malumot uchun, 130 kg vazndagi yunon-rum kurashchimiz ilk bellashuvda hindistonlik Navin Navindan 9-0, keyin qirg'izistonlik Roman Kimdan 4-0, uchinchi bahsida yaponiyalik Arata Sonodadan 9-0 hisobida ustun kelgan edi. 

Afsuski, 67 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan jahon chempionatining kumush medali sovrindori Aram Vardanyan 1/2 finalda koreyalik ikki karra jahon chempioni Xansu Ryuga yutqazib qo'ydi. Ryu o'z-o'zidan Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritdi. 

Yana bir kurashchimiz, 97 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda ishtirok etgan Jahongir Turdiev 1/4 finalda eronlik Muhammadhadi Saraviga imkoniyatni boy berdi. Endi 67 va 97 kg vazn toifalaridagi kurashchilarimiz kelasi oy Bolgariyada o'tkaziladigan so'nggi - jahon licenzion turnirida oxirgi imkoniyatdan foydalanadilar.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
09 apr 16:11:13
Mansur Baltaev
Inomjon Boltayev foydalanuvchining fikriga javob berish
Vardamyan bilan jahongir Turdiyev chiqolmabti endi nima bo'ladi bilsangizlar aytib yuboringlar hech bolmaganda
Болгариядаги турнирда яна бир бор имкониятини синаб куришади
   
09 apr 14:01:58
Inomjon Boltayev
Vardamyan bilan jahongir Turdiyev chiqolmabti endi nima bo'ladi bilsangizlar aytib yuboringlar hech bolmaganda
   
09 apr 13:53:38
Inomjon Boltayev
Vardanyanni ham chiqaringlar
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing