So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

31 dek 19:00
Yangiliklar

Boshqalar, Tadbirlar

MOQ prezidenti yangi yil bilan tabrikladi

Teglar :  Alisher SultonovMOQ
Yakuniga etib borayotgan 2017 yil sportchilarimiz uchun omadli keldi deb aytishga asoslarimiz etarli.

Yil davomida sportning ko'pgina turlari bo'yicha terma jamoalarimiz qita va jahon chempionatlarida omadli ishtirok etib, vatanimiz shanini munosib himoya qilishdi. Jumladan boks, og'ir atletika, sport kurashlari, engil atletika, dzyudo, taekvondo va olimpiya oilasining yangi vakili - karate bo'yicha tashkil etilgan nufuzli xalqaro bellashuvlarda O'zbekiston vakillari butun dunyoga hech kimdan kam emasliklarini amalda isbotlay olishdi. 

Joriy yilda mamlakatimiz sport delegaciyasi birinchi marta “Islom birdamligi o'yinlari” musobaqasida ishtirok etdi. Ozarbayjon poytaxti Boku shahri mezbonlik qilgan nufuzli musobaqada yurtdoshlarimiz 54 ta mamlakat vakillari orasida 15 ta oltin, 17 ta kumush, 31 ta bronza, jami 63 ta medal bilan Ozarbayjon, Turkiya va Eron delegaciyalaridan so'ng to'rtinchi o'rinni egallashdi.  

Ashxobodda bo'lib o'tgan Jang sanati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o'yinlarida esa O'zbekiston delegaciyasi o'z tarixida birinchi marta kompleks musobaqalarda yuzdan ziyod medallar jamg'arishni uddaladi. Terma jamoamiz azolari Turkmaniston poytaxtida 24 ta oltin, 33 ta kumush, 74 ta bronza, jami 131 ta medalga ega chiqib, 64 mamlakat vakillari orasida jamg'arilgan medallar soni bo'yicha umujamoa hisobida mezbonlardan so'ng faxrli ikkinchi o'ringa sazovor bo'lishdi. 

SHuningdek, boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Gamburgda bo'lib o'tgan jahon chempionatini oltita medal bilan yakunladi. SHahram G'iyosov oltin medalga sazovor bo'lib, jahon chempionligini tantana qilgan bo'lsa, Hasanboy Do'smatov, Jasur Latipov va Iqboljon Xoldorov kumush, Bektemir Meliqo'ziev va Sanjar Tursunovlar bronza medallari bilan taqdirlanishdi. 

Ushbu natijasi evaziga terma jamoamiz musobaqani umujamoa hisobida Kubadan keyin faxrli ikkinchi o'rinda yakunladi va o'zining barcha jahon chempionatlaridagi eng yaxshi natijasini qayd etdi. 

Yil yakuniga kelib og'ir atletika bo'yicha milliy terma jamoamiz AQSHning Anaxaym shahrida bo'lib o'tgan kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida zafarli yurishini davom ettirdi. Terma jamoamiz azolari musobaqada 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida faxrli uchinchi o'rinni egallashdi. Ana shu tariqa o'zbek sporti tarixida birinchi marta terma jamoamiz og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatini kuchli uchlikda yakunladi. 

                                     Muhtaram yurtdoshlar!

Ostonada eshik qoqayotgan 2018 yil biz uchun yanada masuliyatli, yanada muhim bo'lishi shubhasiz. Bizni avgust oyida Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida bo'lib o'tadigan XVIII Osiyo o'yinlari, oktyabrda Argentina poytaxti Buenos-Ayresda tashkil etiladigan III o'smirlar Olimpiya o'yinlari kabi nufuzli kompleks musobaqalar kutib turibdi. Tabiiyki, har ikkala sport festivallarida ham O'zbekiston katta delegaciya bilan ishtirok etadi. 

Ishonchim komilki, mazkur musobaqalarda orttiriladigan xalqaro tajriba va amaliyot sportchilarimiz uchun 2020 yilda Tokio mezbonlik qiladigan navbatdagi yozgi Olimpiya o'yinlarida qo'l keladi. SHunday ekan, kirib kelayotgan yangi yil sportimiz uchun bundanda omadli va barokatli yil bo'lishiga umid bildirib qolaman. 

Fursatdan foydalanib bizni har tomonlama qo'llab kelayotgan, barcha kerakli sharoitlarni yaratib berayotgan davlatimiz va hukumatimiz rahbarlariga va shahsan Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoevga mamlakatimizning butun olimpiya oilasi nomidan cheksiz minnatdorchilik izhor etaman.  

Siz aziz vatandoshlarimizni esa kirib kelayotgan yangi – 2018 yil bilan samimiy muborakbod etaman. Oilangizga tinchlik-hotirjamlik, xonadoningizga qut-baraka tilayman. Yurtimiz tinch, osmonimiz hamisha musaffo bo'lsin aziz yurtdoshlar! Yangi yilingiz bilan! 

                         Alisher Sultanov 

 O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing