So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

26 may 10:33
Yangiliklar

Tadbirlar

MOQ qabul imtixonlarini jiddiy nazoratga oladi

Teglar :  MOQCHirchiqKollej
CHirchiq shahridagi O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “O'zbekistonda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil qilindi.

Unda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshqarma boshlig'i Nazirjon Xudoyqulovlar ishtirok etishdi. Tadbirda Toshkent viloyati prokurori o'rinbosari hamda CHirchiq shahar prokurori ham qatnashishdi. 

Malumki, ayni paytda respublikamizdagi oliy talim muassasalariga o'quv yili yakuniga etib bormoqda va qabul jarayonlariga tayyorgarlik qizg'in pallaga kirgan. Anjumanning ayni shu paytda tashkil etilganida ham o'ziga yarasha mantiq bor. Zero, Milliy olimpiya qo'mitasi yuritayotgan siyosatga ko'ra sport o'quv yurtlariga qabul jarayonlari shaffoflik va holislik bilan o'tishi, turli nohaqliklardan holi bo'lishi lozim. Uchrashuvda ana shu masalalar yuzasidan fikr almashildi, tushuntirishlar berildi. 

Tadbirda qatnashgan MOQ Bosh kotib Jasur Matchanov ham Jismoniy tarbiya va sport universiteti, Olimpiya zaxiralari sport kollejlarida bu yilgi qabul jarayonlarini shaffoflik bilan tashkil etish, turli qing'irliklarga yo'l qo'yilmasligi uchun Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan kerakli ishlar amalga oshirilishini qayd etib o'tdi. Unga ko'ra MOQ, vazirlik va sport federaciyalari masul xodimlari qabul jarayonlarida bevosita ishtirok etadilar. Bu ham albatta qabul jarayonida shaffoflikni taminlash, malum darajada korrupciyani oldini olish imkonini beradi. 

Yig'ilishdan so'ng shu erning o'zida universitetning kafedra mudirlari, masul xodimlari bilan alohida gaplashib olindi. Qabul jarayonida yo'l qo'yiladigan nohaqliklar kechirilmasligi uqtirildi. Bu borada yuzaga kelgan turli holatlar misol tariqasida keltirib o'tildi. 

O'z navbatida halol va sidqidildan faoliyat ko'rsatayotgan ustozlarni rag'batlantirish maqsadida, davlatimiz rahbarining topshirig'iga asosan Moliya vazirligi bilan hamkorlikda professor-o'qituvchilar va ilmiy-xodimlar maoshlarining oshirilishi bo'yicha Vazirlar Mahkamasiga qaror loyihasi tayyorlanayotganligi malum qilindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing