So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

06 avg 18:46
Yangiliklar

Velosport

MOQ rahbari: “Zabelinskayaning mahorat saboqlarida men ham qatnashgan bo'lar edim”

Olimpiya sport turlari bo'yicha terma jamoalarimizning onlayn mashg'uloti davom etadi.

Dastur doirasida bugun velosportchilarimiz bilan mashg'ulot olib borildi. Onlayn mashg'ulotda Olga Zabelinskaya, Murodjon Xolmuratov kabi taniqli vakillarimiz qatori yana 10 nafar sportchimiz qatnashdi. 

Mashg'ulotni velosport bo'yicha Olimpiya terma jamoasi murabbiyi Rustam Nurtdinov olib bordi. Jarayonni MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi rahbariyati, MOQ mutasaddi vakillari, shifokor va murabbiylar kuzatib borishdi.

“Hozir barcha sport turlarida tajribali mutaxassislar bilan mahorat saboqlari olib borilmoqda. Velosportda ham Olganing boy tajribasidan foydalanib, viloyatlardagi sportchi va murabbiylar uchun ana shunday mahorat saboqlari tashkil qilsak bo'ladi. Bunda men o'zim kerak bo'lsa, velosiped olib qatnashgan bo'lar edim. O'ylaymanki, bunday ulkan tajribaga ega sportchi bilan o'tadigan master-klass qiziqarli o'tadi”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

SHuningdek, MOQ rahbari suhbat davomida bayramona kayfiyat ulashish uchun yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayramiga atab onlayn musobaqalar tashkil qilish bo'yicha o'z takliflarini bildirib o'tdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing