So’nggi yangiliklar

01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0 15:25Тимур Турлов - FIDE президенти этиб сайланди! 0 13:11"Mangu 5" турнири олдидан ўтказилган face-to-face маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:20Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси тугашига иккита тур қолди. Бугун кимлар рақиб бўлади? 0

02 dek 08:06
Yangiliklar

Taekvondo

MOQ rahbariyati O'zbekiston taekvondo WT associaciyasida bo'ldi

Teglar :  TaekvondoMOQ
O'zbekistonlik yakkama-yakka kurash ustalari doimo Osiyo va Olimpiya o'yinlarida sovrinli o'rinlarga davogarlar safida turadi, deb hisoblaydigan bo'lsak, Tokio-2020 Olimpiadasida taekvondo WT bo'yicha ham medallar kutishga haqlimiz.

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi rahbariyatining olimpiya sport turlarini o'rganish rejasiga muvofiq tashrifining navbatdagi manzili O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi bo'ldi.

Uchrashuvda MOQ raisi R.SHoabdurahmonov, qo'mita raisi o'rinbosari v.b, O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi raisi SH.Tashmatov hamda murabbiy va sportchilar o'rtasida kechgan suhbatda nafaqat yo'llanmalar sonini oshirish, balki Olimpiadadan medallar bilan qaytib kelish masalasiga alohida urg'u berildi.

Xabaringiz bor, kuni kecha poytaxtimizdagi “Universal” sport saroyida kattalar o'rtasida kyorugi, pumse va para-taekvondo bo'yicha O'zbekiston chempionatida zo'r muvaffaqiyat bilan o'tkazildi. Mazkur turnir pandemiya sabab mavsumning uzoq davom etgan tanaffusidan keyingi ilk musobaqasi bo'ldi. Barcha taekvondo ustalari bellashuvlar muhitini sog'inib qolgani sezilib turdi. 

Kutilganidek, jahon reytingida munosib o'rin egallaydigan Nikita Rafalovich, Dmitriy SHokin, Svetlana Osipova, Nigora Tursunqulova kabi sportchilar o'z vazn toifalarida g'oliblikni qo'lga kiritishdi. O'z navbatida, ushbu sportchilar Kunchiqar yurtda o'tadigan O'yinlarda medallarga davogarlik qila olishadi.

Uchrashuvdan maqsad faqat yaqin kelajakdagi natijalar emas, balki Xanchjou-2022 Osiyo va Pekin-2024 Olimpiya o'yinlarida ham munosib ishtirok etish, buning uchun bugundanoq ishni to'g'ri tashkil etish, aniq chora-tadbirlar asosida mashg'ulotlarni olib borish kerakligi takidlandi.

O'zaro ochiq va samimiy ruhda kechgan suhbatda echimini kutayotgan muammolar va kamchiliklar haqida ham ro'y-rost aytildi. MOQ va O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi tomonidan murabbiylar va sportchilarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga kelishib olindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing