So’nggi yangiliklar

17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0

18 noy 12:26
Yangiliklar

Dzyudo

MOQ rahbariyati va Tezkor shtabi azolari O'zbekiston dzyudo federaciyasiga tashrif buyurishdi

Teglar :  DzyudoTezkor shtab
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasining Tezkor shtabi olimpiya sport turlarini o'rganish rejasiga muvofiq O'zbekiston dzyudo federaciyasiga tashrif buyurdi.

Unda MOQ raisi R. SHoabdurahmonov, MOQ raisi o'rinbosari, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi A.Kamilov, MOQ raisi o'rinbosari vazifasini bajaruvchi, Tezkor shtab rahbari SH.Tashmatov, Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori A.Sadikov, yakkama yakka kurash turlari bo'yicha ROSMM rahbariyati ishtirok etdi.

O'rganishlar chog'ida Tokio-2020 va Parij-2024 o'yinlariga tayyorgarlikning borishi masalasi muhokama qilindi. Dzyudochilarimiz Olimpiya o'yinlarida muntazam ravishda sovrindorlar safidan joy egallab kelishgani ham ulardan natija kutishga haqli ekanimizni anglatadi.

Pandemiya sharoiti bo'lishiga qaramasdan, mamlakat dzyudochilariga nufuzli musobaqalar oldidan o'quv-mashg'ulot yig'inlarini to'laqonli o'tkazishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. 

Xabaringiz bor, poytaxtimizdagi Dzyudo markazida Gruziya, Misr, Qirg'iziston terma jamoalarining etakchi sportchilari ishtirokida xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini bo'lib o'tayotgan edi. 

Ayni paytda qirg'izistonlik dzyudochilar yig'inni yakunlab, o'z yurtiga qaytib ketishgan. Gruziya va misrlik polvonlar esa hamyurtlarimiz bilan mashg'ulotlarni davom ettirishmoqda.

MOQ rahbari terma jamoa murabbiylari va sportchilar bilan suhbatlashib, ularni qiynayotgan muammolar, reyting zonasidagi poziciyasi, asosiy raqiblari, texnik va taktik jihatdagi kamchiliklar, salomatligi borasidagi masalalar bilan qiziqdi. 

O'zaro savol-javoblar polvonlarimizning oldindagi musobaqalarga shay ekani, yo'llanmalar uchun kurashga tayyorligini ko'rsatdi.

Uchrashuv yakunida Tezkor shtab azolari sportchilarimizning kelgusi faoliyatiga omad tilashdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing