06 may 10:11
Yangiliklar
MOQ raisi o'rinbosari Jahon chempionatiga ketish oldidan dzyudochilar bilan suhbatlashdi
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov safar oldidan dzyudochilar bilan uchrashdi.
"Har biringiz jahon chempionatida munosib ishtirok etishga qodirsizlar. Faqat bunga o'zingizni ishontira olishingiz kerak. Xalqimiz musobaqadagi ishtirokingizni intizorlik bilan kutyapti. Ularning kayfiyatini yanada ko'tarish uchun yaxshi natijaga erishishingiz lozim. Imkon qadar ko'proq g'alaba qozonib, qimmatli reyting ochkolarini jamg'arib olish darkor. Sizlar hech kimdan kam emassizlar", - dedi federaciya raisi.
O'z o'rnida dzyudochilar ham bor mahoratlarini maksimal darajada ishga solib, jahon chempionatidan yaxshi natijalar bilan qaytishga vada berishdi.
Fikrlar