30 iyu 19:05
Yangiliklar

MOQ raisi o'rinbosari Ulan-Bator turniri ishtirokchilari bilan suhbatlashdi + FOTO
Hamyurtlarimizdan Diyora Keldiyorova oltin, Davlat Bobonov kumush, Gulnoza Matniyazova va Obidxon Nomonov bronza medalini qo'lga kiritgandi. Kuni kecha O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov Ulan-Bator turniri ishtirokchilari bilan uchrashdi.
"G'alaba ham, mag'lubiyat ham o'zimizniki. Yo'l qo'yilgan kamchilik va xatolardan to'g'ri xulosa chiqarish kerak. Xatoga yo'l qo'yishdan emas, uni qayta-qayta takrorlashdan himoyalanish lozim. Biz hozir sizlar bilan musobaqadagi ishtirokingizni muhokama qilyapmiz. Bu ishni har bir dzyudochi o'ziga o'zi savol berish orqali amalga oshirishi shart. SHunda o'sish bo'ladi", - dedi A.Kamilov.
Fikrlar