So’nggi yangiliklar

13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0 13:09Германия тарихидаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди 0 12:58Нодирбек Якуббоев — Freestyle Friday ғолиби! 0 12:37Хамзат Чимаев Ронда Роузи танқидига "ответ" қилди 0 12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0 11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0 11:34Эдди Хирн: "Жошуа Фьюри билан жанг учун шартнома имзолади" 0 11:13UFC Fight Night 274 жангчилари тарози ҳамда face to face маросимларида ҳозир бўлишди 0 10:52Oeiras Ladies Open. Кудерметова бош совринга яқинлашмоқда 0 10:31Sofascore. Кечаги учрашувда дубль қайд этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 10:10Царукян нима учун Топурия билан жанги амалга ошмаслигини тушунтирди 0 09:49Пахтакор туманида замонавий дзюдо зали фойдаланишга топширилди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:28World Boxing Кубоги. Зокиров ва Ҳамидова кейинги босқичда 0 09:07Арбелоа кечаги ўйиндан кейин ҳакамларни танқид қилди 0 08:46Esports World Cup. Абдусатторов икки муҳим ғалаба, уни Магнус кутмоқда! 0

19 sen 18:56
Yangiliklar

Dzyudo

MOQda Toshkent Gran-prisi oldidan matbuot anjumani o'tkazildi

Xabar berganimizdek, 20-22 sentyabr kunlari poytaxtimizda dzyudo bo'yicha Gran-pri hamda 23-24 sentyabr kunlari paradzyudo bo'yicha IBSA Gran-pri musobaqalari bo'lib o'tadi.

Ushbu ikki nufuzli musobaqaga ko'p tarmoqli “Humo Arena” muz saroyi mezbonlik qiladi. Bugun O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasida musobaqalar oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. 

Unda MOQ vice-prezidenti, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov, O'zbekiston milliy Paralimpiya associaciyasi rahbari Muxtorxon Toshxodjaev, dzyudo bo'yicha milliy terma jamoa bosh murabbiyi Farhod To'raev, paradzyudo bo'yicha terma jamoa ustozi SHamsiddin Sayidov, terma jamoamizning etakchi sportchilari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

Toshkent Gran-prisi Tokio-2020 Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim etadi. SHu bois ham musobaqaga bo'lgan qiziqish har qachongidan yuqori. Bu safargi musobaqada dunyoning 70 dan ortiq davlatidan sara dzyudochilar g'oliblik uchun bellashadi. Bu galgi Toshkent Gran-prisining yana bir ahamiyatli jihati, u ilk marotaba muhtasham, xalqaro talablarga to'la javob beradigan muhtasham “Humo Arena” muz saroyida tashkil etilmoqda. O'zbekiston dzyudo federaciyasi rahbari bu jihatga ham alohida etibor qaratdi.

“Avvalo, Toshkent Gran-prisining ilk marotaba “Humo Arena” majmuasida o'tkazilishi uchun sharoit yaratib bergan muhtaram Prezidentimizga cheksiz minnatdorlik bildirmoqchiman. Barchamiz katta sport tadbiri arafasida turibmiz. Umid qilaman, olib borilgan tayyorgarliklarimiz natijasi ushbu musobaqada namoyon bo'ladi. Bizda har bir vazn toifasida juda kuchli raqobat bor va nomzodlarni tanlab olishda ham qator istiqbolli rejalarni ishlab chiqdik. 

Masalan, Gran-priga yoshlar va o'smirlar terma jamoasidan ham nomzodlar jalb qilingan. Bu esa ularni kelajakda katta musobaqalar havosini olishida muhim ahamiyat kasb etadi. Toshkent Gran-prisi g'olibi 700 reyting ochkosiga ega bo'ladi. Kumush medal sohiblari 490, bronza medali egalari esa 350 reyting ochkosini qo'lga kiritadi. Tokio-2020 olimpiadasiga reyting ochkolarini yig'ish to'xtatiladigan muddatgacha, yani kelgusi yilning may oyi oxiriga qadar 13 ta mana shunday reyting turnirlarida qatnashishni rejalashtirganmiz”, – dedi Azizjon Kamilov.


Yana bir gap, mamlakat dzyudo federaciyasi rahbarining takidlashicha, yaqinda bo'lib o'tgan jahon chempionati bellashuvlari va unda polvonlarimizning ishtiroki mashg'ulotlar jarayonidagi kamchiliklarni ko'rsatib berdi. SHu bois ayni paytda federaciya rahbariyati O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyligiga xorijdan, katta ehtimol bilan yapon mutaxassisini jalb etish borasida amaliy harakatlarni boshlab yuborgan.

A.Kamilovning fikriga ko'ra, oxirgi 2-3 yilda bir qator davlatlar, xususan qo'shni Qirg'iziston dzyudo sportida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdi. Ularning bu yutuqlarida mamlakat terma jamoalarida yapon mutaxassislari faoliyat olib borishayotgani muhim faktor vazifasini o'tab bermoqda. SHularni inobatga olgan holda O'zbekiston dzyudo terma jamoasiga ham katta ehtimol bilan xorijlik mutaxassis jalb etiladi.

23-24 sentyabr kunlari o'tkaziladigan paradzyudo bo'yicha IBSA Gran-prisida ham terma jamoamiz eng kuchli tarkib bilan ishtirok etadi. O'zbekiston milliy paralimpiya associaciyasi rahbari Muxtorxon Toshxodjaevning malum qilishicha, musobaqada shu kunga qadar dunyoning 35 davlatidan 200 nafardan ortiq sportchi qatnashish istagini bildirgan. Unda erkaklarimiz 7, ayollar esa 6ta vazn toifasida o'zaro bellashadi.

Tashkilotchilar tomonidan muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida Gran-pri musobaqalariga kirish bepul qilib belgilangan. Musobaqalarning tantanali ochilish marosimi esa 21 sentyabr kuni soat 16:00da boshlanadi.

Suratlar muallifi - Jahongir Fayzullaev

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing