24 iyu 09:42
Yangiliklar
Futbol
Moriyasu 2027 yilda Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyligini tark etadi. Yangi bosh murabbiy nomi ham malum
Yaponiya futbol associaciyasi (JFA) Xadzime Moriyasuni milliy terma jamoa bosh murabbiyligi lavozimida saqlab qolishga qaror qildi.
Bu haqda associaciya saytida xabar berilgan.
JFA malumotiga ko'ra, Moriyasu 2027 yilning yanvar-fevral oylarida bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi yakuniga qadar o'z faoliyatini davom ettiradi. SHundan so'ng uning o'rnini hozirda Yaponiyaning 21 yoshgacha bo'lgan terma jamoasida faoliyat yuritayotgan Go Oiva egallaydi.
Yaponiya o'tgan jahon chempionatida Niderlandiya (7 ochko), SHveciya (4 ochko) va Tunis (0 ochko) jamoalari joy olgan "F" guruhida 5 ochko to'plab, ikkinchi o'rinni egallagan edi. 1/16 finalda esa Yaponiya Braziliyaga imkoniyatni boy berib qo'ydi (1:2).
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar