29 okt 09:33
Yangiliklar
Moskvadagi boks oqshomining og'ir vazndagi jangi to'liq davom etdi
"CSKA Arena" mezbonlik qilgan oqshom doirasidagi qiziqarli janglardan biri birinchi og'ir vazn (90,7 kg.gacha) toifasida o'tkazilib, unda rossiyalik bokschilar - Soslan Asbarov (4-0, 1 KO) hamda Aleksey Papin (15-1 14 KO) o'zaro to'qnash kelishdi.
O'n raund to'liq davom etgan jangda Asbarov raqibini 96-93, 99-90, 98-91 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi. 31 yoshli Soslan Asbarov 2022 yilda prof boksda debyut qilgan, ungacha asosan qo'lqopsiz janglarda ishtirok etib kelgan.
U chempionlik kamari uchun sobiq davogar Dmitriy Kudryashovni shov-shuvli tarzda mag'lub etganidan keyin ko'pchilikning etiborini o'ziga qaratgandi. Bundan avvalgi jangini esa shu yilning mart oyida amerikalik Brendon Glenton (18-2, 15 KO)ga qarshi o'tkazib, g'alaba qozongandi.
Fikrlar