29 iyu 12:57
Yangiliklar
Futbol
Mourinoning asosiy vazifasi malum bo'ldi
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinoning jamoaga rahbarlik qilishning dastlabki bosqichidagi asosiy vazifasi qati ish intizomini yo'lga qo'yishdan iborat, xabar beradi "Marca".
Futbolchilar mutaxassisning yuqori talablariga allaqachon amin bo'lishdi. Mashg'ulotlarda u jismoniy va taktik tayyorgarlikni navbatma-navbat olib bormoqda, biroq asosiy etibor to'p bilan ishlashga qaratilgan. Xabar qilinishicha, Mourinoning mashg'ulotlari juda uzoq davom etmaydi, lekin juda yuqori tempda o'tadi.
11 iyun kuni "qaymoqranglilar" matbuot xizmati mutaxassisning bosh murabbiy lavozimiga tayinlanganini elon qilgan edi. SHartnoma 2029 yilning 30 iyunigacha tuzilgan.
Avvalroq mutaxassis 2010 yildan 2013 yilgacha Madrid klubini boshqargan. Mourino klub bilan Ispaniya chempionati va mamlakat kubogini qo'lga kiritgan edi.

Havola :
Fikrlar