05 apr 15:51
Yangiliklar
Futbol
Mourinyu “CHelsi”ga qaytishi mumkin
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinyu sobiq klubiga qaytishi mumkin.
“CHelsi” rahbariyati portugaliyalik murabbiy variantini o'rganib chiqmoqda. Klubdagilar 60 yoshli mutaxassisni hali ham Londonda uyi borligini bilishadi. SHuningdek, “Ko'klar” muxlislari ham Jozening qaytishiga qarshi emas. “CHelsi”dagilar jamoani tajribali va katta nomga ega murabbiy boshqarishini istashmoqda va bu talabga Mourinyu to'g'ri keladi.
Eslatib o'tamiz, Mourinyu “CHelsi”da 2004-2007 va 2013-2015 yillarda ishlagan. Uning amaldagi jamoasi bilan 2024 yilga qadar shartnomasi bor.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar